Сайт работает в тестовом режиме

USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI

22 август 2023 год
image

Joriy yilning 22-avgust kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida viloyat hokimi oʻrinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligida ta’lim tizimiga oid bir qator muhim masalalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
 

Yig‘ilish davomida viloyatni respublikada “namunali hudud”ga aylantirish borasida:

  Ta’limni korrupsiyadan holi sohaga aylantirish;

  Umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga munosib tayyorlash;

  Maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

   Tizim xodimlari o‘rtasida sport va sog'lom turmush tarzini hamda kitob mutoalasini keng targ'ib qilish;

   Ijro intizomi holati va qonunchilikda belgilangan vazifa va topshiriqlarning sifatli va o'z vaqtida bajarilishi, sohani raqamlashtirish bo'yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi. 

    Ushbu masalalar va mavjud muammo yuzasidan mas'ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB