Новости
“GIMNASTIKAGA ILK QADAM" MUSOBAQASINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBLARI ANIQLANDI
28 май 2025 год
Navoiy viloyatida Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning jismoniy rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida respublika miqyosida tashkil etilgan “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir doirasida bolalarning sahnadagi ishonchli harakatlari, estetik qiyofasi va musiqali chiqishlari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida: Zarina Suvorova 2-son DMTT (Navbahor tumani) faxrli 1-o'rinni, Xolida Narziyeva 1-son DMTT (Karmana tumani) 2-o'rinni, Gulzira Sattorova 10-son DMTT (Navoiy shahri) esa 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa, faxrli 1-o'rinni Bobirjon Yarashboyev 2-son DMTT (Navbahor tumani) egallagan bo'lsa, Sarvar Furqatov 15-son DMTT (Uchquduq tumani) 2-o'rinni qo'lga kiritdi. Faxrli 3-o'ringa Daniel Marisov 17-son DMTT (Zarafshon shahri) munosib ko'rildi.
Gʻolib va sovrindorlar hamda ishtirokchi bolajonlar boshqarma boshlig‘i R.Hayitova tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati