Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TA'LIMDA BOSHQARUV QANDAY BO'LISHI LOZIM?

2-iyun 2023-yil
image

   Navoiy shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan “Ta’limda boshqaruv” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
  Unda tuman, shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, sho‘ba mudirlari hamda metodistlari ishtirok etdi.

   Tadbirni viloyat hokimligi kotibiyat mudiri A.Yorqulov ochib berib, ishtirokchilarni tabrikladi.

  Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi J.Kalandarov seminar maqsadi, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi naqadar muhimligi haqida so‘z yuritdi.


  Seminar davomida O‘zbekiston Respublika Prezidentining “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 26-noyabrdagi qaroriga muvofiq, 1,2,3-darajali “Zamonaviy maktab” maqomini olganligi to‘g‘risidagi sertifikatni qo‘lga kiritgan viloyatimizdagi 60 ta umumta’lim maktablari rahbarlariga topshirildi. Eng quvonarlisi, Zarafshon shahridagi 3-maktab 1-darajali “Zamonaviy maktab” maqomini oldi.

Sho‘balarda quyidagi yo’nalishlarda faoliyatlar bo’lib o’tdi:

O‘quvchilar qabuli, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati, attestatsiya va akkreditatsiya, milliy reyting;
 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi;
Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish;
Ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrov darajasi va ta’lim sifatini yaxshilash;
Maktablarda o‘quvchilarni  bepul  ovqatlantirish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlantirish tizimi masalalari;

Maktabdan tashqari ta’lim sifatini yaxshilash.

 

 

Har bir guruh o‘zlariga berilgan mavzular bo‘yicha taqdimot qilib berishdi.

  Taqdimotda ta’lim tizimidagi muammolar, yechimlari va kelgusida amalga oshirilishi bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

  Shuningdek, ta’lim sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim fikrlar o‘rtaga tashlandi.

  Mas’ullarning tashabbuslari va takliflari baholab borildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB