Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TA’LIM SOHASIDA KORRUPSIYANI OLDINI OLISH ENG DOLZARB VAZIFA

5-iyun 2023-yil
image

Joriy yilning 5-iyun kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

   Unda tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, boshqarma xodimlari, ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

   Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi J. Kalandarov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala bilan barchani tanishtirdi.

   Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi boshlig'i Shavkat Hamrayev bugungi kunda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida olib borilayot tizimli ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

   Ta’kidlanganidek, ta’lim sifatini oshirishda korrupsiyani oldini olish muhim sanaladi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berildi.

    Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ta’lim sohasida korrupsiyani oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarlarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash xususida fikr-mulohazalar yuritildi.

   Guruch kurmaksiz bo‘lmagani kabi Navoiy viloyati ta’lim fidoyilari orasida ham korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning uchrayotganligi tanqid qilindi. Yig‘ilish davomida mazkur holatlar va ularni keltirib chiqargan sabablar tahlil qilindi.

   Sohada faoliyatning ochiqligini ta’minlash, xodimlarning korrupsiyaga qo‘l urmasligi uchun ularning huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB