Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

6-iyun 2023-yil
image

 Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “O‘qituvchi sha’niga dog‘ tushirgan “madaniyatli o‘qituvchilar”” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

    Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 1-iyun kuni Navoiy shahridagi 7-sonli umumta'lim maktabida sodir bo'lgan.

    Mehnat faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari va zimmasiga yuklatilgan funksional vazifalarini to‘liq bajarmagani, tashkilotda belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganligi, xususan, maktabda ruxsat etilmagan tadbir o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yganligi va xodimlarning pedagogik odob-axloq qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilmaganligi uchun Navoiy shahridagi 7-sonli umumta’lim maktabi direktori H.Sh. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 312-moddasi 1-qismi 2-bandiga asosan “O‘rtacha oylik ish haqining 30 (o‘ttiz) foizi miqdorida jarima” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

   Shuningdek, boshqarma huzurida ishchi guruh tuzilib, ushbu maktab rahbariyati mehnat faoliyatiga huquqiy baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB