Yangiliklar
SAYYOR QABUL: navbatdagi manzil Karmana tumani
10-iyun 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi J.Kalandarovning viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan joriy yilning 10-iyun kuni Karmana tumani “Talqoq” MFYda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari, shuningdek, davlat MTT, umumta’lim maktabi direktorlari va sohaga aloqador boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Tuman aholisi uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda ta’lim sohasiga oid bir qator masalalar muhokama etildi. Xususan, fuqarolar tomonidan “Talqoq” MFYdagi Lubaton qishlog‘iga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktabi qurish, 5-umumta’lim maktabini mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash, o‘quvchilarni yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida Karmana-Navbahor avtoyo‘lidagi piyodalar o‘tish joyini qulay joyga ko‘chirish va mas’ul biriktirish kabi murojaatlar bildirildi.
Takliflarning ayrimlari huquqiy tushuntirildi, qolgan masalalalar ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.