Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

13-iyun 2023-yil
image

  Joriy yilning 12-iyun kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi hamkorligida videokonferensaloqa (zoom) shaklida yig‘ilish o‘tkazildi.

    Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, bo‘lim (sho‘ba) boshliqlari, hududiy bo‘lim boshliqlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etgan tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi J. Kalandarov ochib berdi.

    Tadbirda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi ta’lim va yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimi X.Tojimurodov viloyat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarida korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish bo‘yicha tizimda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida so‘z yuritdi.

   Viloyat prokurorining katta yordamchisi A.Sabirov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, bo‘linma boshlig‘i S.Latipov, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi katta inspektori N.Toshovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda ta’lim tizimida korrupsiya bilan bog‘liq holatlar, ayrim mutassaddi rahbarlar tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish holatlari ko‘payib borayotganligini ta'kidlab o'tishdi.

   Shuningdek, yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyalanuvchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tizimda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashish, noqonuniy pul yig‘imlarini oldini olish, davlat mulkini asrab-avaylash, daxlsizligini ta’minlash, mansab vakolatini suiiste’mol qilmaslik bo‘yicha shaxsiy mas’uliyat va javobgarlikni kuchaytirish kabi muhim vazifalar ham muhokama etildi.

   Yig‘ilish so‘ngida kelgusida qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etmagan mas’ullarga nisbatan keskin ravishda javobgarlik masalasi belgilanganligi to'g'rida  ogohlantirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB