Yangiliklar
“Vatan mehri yuragimda” korik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi
19-iyun 2023-yilToshkent shahridagi Inha universitedida “Vatan mehri yuragimda’ tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tanlov o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, bilim va ko‘nikmalarini, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, milliy urf-odat va an’analar ruhida tarbiyalash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida o'tkazildi.
70 nafar qiz ishtirok etgan Respublika bosqichi yakuniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Navoiy viloyatidan kelgan jamoalar g‘olib deb topildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.