Yangiliklar
OQ YO‘L SIZGA BITIRUVCHILAR!
21-iyun 2023-yilTomdi tuman hokimligida bitiruvchi yoshlar va sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, umumta’lim maktabi direktorlari hamda uztozlar ishtirok etdi.
Dastlab tuman hokimi Q.Aldabergenov yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularga berilayotgan imkoniyatlar xususida gapirdi.
Shundan so‘ng 2022-2023 o‘quv yilida a’lo baholarga o‘qib, maktabni medal bilan yakunlagan o‘quvchilar va ularning ota-onalari taqdirlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tuman maktablarini 94 nafar o‘quvchi tugatdi. Ulardan 9 nafari oltin medal sohiblaridir. Xususan, 1-IDUMdan 2 nafar, 2-sonli tabiiy fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan 2 nafar, 10-maktabdan 1 nafar, 13-maktabdan 1 nafar, 15-maktabdan 1 nafar, 16-maktabdan 1 nafar, 17-maktabdan 1 nafar bitiruvchilar oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.