Yangiliklar
MEDALLAR O'Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
22-iyun 2023-yilNurota tuman Madaniyat uyida sektor rahbarlarining bitiruvchilar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi A. Fayziyev bitiruvchilarni tabriklab, ularning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi.
Shundan so‘ng oltin va kumush medallar rahbarlar ishtirokida o‘z egalariga topshirildi.
Uchrashuv davomida sektor rahbarlari bitiruvchilar bilan suhbatlashib, ularning orzulari, kelajakdagi maqsadlari haqida qiziqishdi.
Ma’lumot uchun: joriy o‘quv yilida tumandagi maktablarni 773 nafar bitiruvchi tugatdi. Shundan 64 nafar yigit-qiz oltin medal, 8 nafari kumush medal bilan bitirdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.