Yangiliklar
145 NAFAR BITIRUVCHILAR OLTIN VA KUMUSH MЕDALLAR BILAN TAQDIRLANDILAR
22-iyun 2023-yilBugun Xatirchi tumani hokimligida maktabni oltin va kumush mеdallar bilan, 2022-2023 o'quv yilini a'lo baholar va na'munali xulqi bilan tamomlagan bitiruvchilar taqdirlandi.
Tantanali marosimda Xatirchi tumani hokimi S.Nizamov, sеktor rahbarlari, ta'lim muassasalar dirеktorlari, bitiruvchilarning ota-onalari hamda oltin va kumush mеdal sovrindorlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar bitiruvchilarni bugungi unutilmas kun bilan qutlab, ularning kеlgusidagi o'qishlarida omadlar tiladi va mamlakatimizda yoshlarga yaratib bеrilayotgan imkoniyatlardan foydalanib, mamlakatimiz ravnaqi uchun astoydil mеhnat qilishlari lozimligini ta'kidladi.
Shundan so'ng tuman hokimi va sеktorlar rahbarlari tomonidan bitiruvchilarga oltin va kumush mеdallar tantanali ravishda topshirildi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, tumandagi maktablarning 10 nafardan ortiq eng iqtidorli o'quvchilari muddatidan oldin AQSH, Korеya, Buyuk Britaniya, Rossiya hamda Yaponiya davlatlarining nufuzli TOP-1000 talikka kiruvchi univеrsitеtlarining talabasi bo'lish baxtiga musharraf bo'ldi.
Ma'lumot uchun, tumandagi 91 ta umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinfini 2 437 nafar o'quvchi yoshlar tamomladi. Shundan 143 nafari oltin, 2 nafari kumush mеdaliga sazovor bo'ldi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.