Yangiliklar
UMUMTA"LIM MAKTABLARIDA TARBIYAVIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH MUHIM
15-avgust 2023-yilJoriy yilning 15-avgust kuni Navoiy shahar 16-AFCHO‘I maktabda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda shahardagi umumta’lim maktablarining rahbar va mas’ullari ishtirok etdi.
Seminarni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova ochib, bosh Qomusimizda farzand tarbiyasi va maktab ta’limi masalalari yuzasidan kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar, ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni ta’minlashda ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati haqida gapirdi.
O‘quv seminari davomida hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar qilinib, bir qator muhim mavzular muhokama etildi.
“Maktabda ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar”;
“O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshka g‘ayriijtimoiy xatti- harakatlarning oldini olish”;
“Umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari”;
“O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari
ta’lim sifatini oshirish”.
Ishtirokchilar tadbirda faol qatnashib, mavzular bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.