Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Ikkinchi ustozlar milliy forumi” Navoiyda

18-avgust 2023-yil
image

  Bugun Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov nutq so‘zlab, yakunlangan 2022-2023-o‘quv yilida tizimda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar xususida so‘z yuritdi.
Forumga barcha tuman va shaharlardan 500 nafarga yaqin pedagoglar, tarbiyachilar, faxriy ustozlar va ta’lim fidoyilari ishtirok etmoqda.

Yakunda bir guruh faxriylar va pedagoglar tizimdagi faolligi, tashkilotchiligi va sohani rivojlantirishdagi xizmatlari uchun viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

    Karmana tumanidagi Diyora bazmgohida forum ishtirokchilari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Pedagoglar, faxriy ustozlar va mehmonlar bir piyola choy ustida samimiy suhbatlashishdi. Viloyatimiz san'atkorlari tomonidan ijro etilgan sho'x kuy va qo'shiqlar yig'ilganlarga a'lo kayfiyat bag'ishladi.

Ishtirokchilar turli yo'nalishlardagi shoʻbalarda tashkil etilgan taqdimot hamda o‘quv treninglarida o'z mahoratlarini oshirishdi. Xususan, Navoiy shahridagi Prezident maktabida viloyatimizdagi ixtisoslashgan maktab o'qituvchilari "Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish", "O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish" kabi mavzularda tajriba almashishdi.
    "Ikkinchi ustozlar milliy forumi" doirasida Navoiy shahridagi 16-AFCHO‘I maktabda ishtirokchilar uchun 13 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazildi.

Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

 “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
 “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
“Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;

 Maktab ta’limi yo‘nalishida:

“O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
 “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
 “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
 “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
“Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etildi.

Joylardagi yetakchi trener va soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilayotgan mazkur seminar tadbirlarida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan keng islohotlar mazmun-mohiyati, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja hamda tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarining samarali joriy etilishiga doir muhim masalalar muhokama etildi. Boshqarma boshlig'i R. Hayitova o'quv mashg'ulotlarida bo'lib, ustozlarning forum haqidagi taassurotlari bilan qiziqdi.

Tadbir so'nggida mashg'ulotlarda faol qatnashgan ishtirokchilarga viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining sertifikatlari topshirildi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

 

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB