Yangiliklar
“BOSHLANGʻICH SINFLARDA O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODIKASI” MAVZUSIDA TRENINGLAR BO‘LIB O‘TMOQDA
29-avgust 2023-yil Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur o‘quvlar viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.
Treninglar ilg‘or tajribalar asosida yaratilgan o‘quv dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha har bir fan kesimida kasbiy rivojlanish darslari bo‘lib o‘tmoqda.
Trening jarayonlari joriy yilning 30-avgustiga qadar davom etadi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.