Yangiliklar
Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilarining malakasi oshirilmoqda
29-avgust 2023-yilMaktabgacha va maktab ta'limi vazirligi AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va RTI international tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi” (UEEP) loyihasi doirasida “Informatika va axborot texnologiyalari” (5-11-sinflar) fanidan o‘quv-metodik qo‘llanmalar tayyorlangan. Mazkur o‘quv-metodik qo‘llanmalar 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etiladi.
Navoiy viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida ushbu o‘quv-metodik majmualardan foydalanish bo‘yicha informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari uchun trening tashkil etildi.
Seminar-trening mashgʻulotlari respulika bosqichida faol qatnashib kelgan malakali trenerlar tomonidan qiziqarli va zamonaviy metodlar asosida olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, treninglar 30-avgust kunigacha davom etishi rejalashtirilgan.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.