Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
4-avgust 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab xodimlariga ta'til puli berilishi kechikyapti" sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Nurota tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalari ish haqi to‘lovlarini to‘liq to‘lanishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga xatlar chiqarilib, qisqa muddatda bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ish haqi va mehnat ta’tili to‘lovlari joriy yilning 7-8 avgustgacha to‘liq to‘lab berilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumotda keltirilgan “XTB mudiri esa parvoyi falak, "pul zavodim yo'q, bankim yo'q" jumlalar asossiz bo‘lib, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim boshlig‘iga mehnat ta’tili to‘lovi bo‘yicha hech kim murojaat qilmagan.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.