Yangiliklar
MUHIM VAZIFALAR MUHOKAMA ETILDI
18-sentabr 2023-yilJoriy yilning 18-sentabr kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining faollar zalida videokonferensaloqa (zoom) shaklida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda boshqarma xodimlari, tuman va shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari, davlat MTT va maktab direktorlari ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig‘i R. Hayitova boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda quyidagi masalalar muhokama etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi yuzasidan tuman, shaharlarda amalga oshirilayotgan ishlar;
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2023-2024 o‘quv yilida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi;
Hududlarda og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini hal etish yuzasidan biriktirilgan mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va boshqa muhim vazifalar tahlil etildi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha mas'ullarga tegishli topshiriq, ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, ijrosi doimiy nazorat va monitoring qilib borilishi belgilab olindi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.