Yangiliklar
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL TOMDI TUMANIDA O‘TKAZILDI
15-sentabr 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J. Kalandarov Tomdi tumani, “Sharq” OFY binosida o‘tkazilgan sayyor qabul o‘tkazib, aholi murojaatlarini tingladi.
Uchrashuvda ish bilan ta’minlash, hududda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, farzandini maxsus maktab-internatiga joylashtirish kabi 16 ta murojaat muhokama etildi. Ularning 10 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. 6 ta murojaatni o‘rganish yuzasidan tegishli mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, 16-umumta’lim maktabida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab direktorlari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, 2023-2024 o‘quv yilida tumanda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.