Yangiliklar
KASBGA O‘QITISHNING OQDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI
5-sentabr 2023-yilSamarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-maktabda tadbirkorlar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni kasbga o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu maktabda o‘quvchilar 7-sinfdan boshlab hududda talab yuqori bo‘lgan kulolchilik, o‘ymakorlik, tikuvchilik, mebelchi, avtomobil ustasi kabi 15 ta kasb-hunarga o‘rgatilmoqda, ularga 2 ta chet tili o‘qitilmoqda. Ushbu to‘garaklar ochilishi evaziga maktabning 122 nafar o‘quvchilari o‘qishdan tashqari kasb-hunar egallashmoqda.
Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’lim rahbarlari mazkur maktabga borib, tajribasini o‘rganishi lozimligi yuzasidan topshiriq berilgan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i rahbarligida barcha tuman, shahar maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi boshliqlari, maktab direktorlari ushbu ta’lim dargohiga tashrif buyurdi.
Ular o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o'zaro tajriba almashdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.