Yangiliklar
TA'LIM FIDOYILARI MUNOSIB TAQDIRLANDI
3-oktabr 2023-yilBugun Navoiy shahar hokimligida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ta’lim tizimida samarali mehnat qilayotgan bir guruh pedagoglarga “Xalq ta'limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Unda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev ishtirok etib, fidoyi pedagoglarni kasb bayrami va erishgan yutuqlari bilan samimiy qutladi.
Ma'lumot uchun, 2 nafar o‘qituvchilarga “Xalq ta’limi fidoyisi” hamda 5 nafar pedagoglarga “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Navoiy viloyati Maktabagcha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.