Yangiliklar
"YOSH BOJXONACHILAR" TO'GARAGI FAOLIYAT
3-oktabr 2023-yilXabaringiz bor, davlatimiz rahbari tomonidan 2022- yilning boshida ilgari surilgan tashabbus asosida respublikamizning barcha joylarida bittadan maktablar bojxona organlari tomonidan otaliqqa olingan bo‘lib, ularda ta’lim olayotgan yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga qiziqishini hozirdan-oq shakllantirish maqsadida “Yosh bojxonachi” to‘garaklari ish boshlagan edi.
2022-2023 o‘quv yili davomida to‘garak doirasida tashkil etilgan nazariy o‘quv mashg‘ulotlari endilikda bojxona postlariga chiqqan holda amaliy mustahkamlanmoqda.
Navoiy shahridagi 16-sonli maktabda o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv mashg‘ulotida o‘quvchilarga bojxona postlari faoliyati, bojxona chegaralari orqali tovar moddiy boyliklarning olib o‘tilish me’yorlari haqida so‘z yuritildi.
Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari S.Qarshiyev hamda X.Xamroqulov tomonidan mamlakatimiz bojxona postlarida xizmat qilayotgan xodimlarning mehnat faoliyati, bojxona sohasining ham sharafi ham mas’uliyati, katta bilim va tajriba talab qilishi haqidagi fikrlari o‘quvchi yoshlarning bojxona tizimiga bo‘lgan qiziqishning yanada ortishiga turtki bo‘ldi.
Bojxona nazorati hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibotlari, bojxona to‘lovlarining turlari, nimalar olib kirish mumkin hamda nimalar olib kirish ta’qiqlanishi haqida mashg‘ulot yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.