Yangiliklar
USTOZLARGA EHTIROM
29-sentabr 2023-yilZarafshon shahar “Oltin vodiy" madaniyat uyida 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan bayram tadbirida shahar hokimi N. Rahmanov, sektor rahbarlari, taʼlim sohasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻz olganlar taʼlim sohasi vakillarini kasb bayramlari bilan tabrikladi. Shuningdek, taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, soha fidoyilari uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, ularning mehnatlari e’tirof etildi.
Tadbir davomida xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar bayramga yanada ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Navoiy viloyati Maktabagcha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.