Yangiliklar
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BARCHAMIZ MAS’ULMIZ
11-oktabr 2023-yilKorrupsiyaga qarshi kurashish masalasi – mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. So‘nggi yillarda mazkur illatga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.
Joylarda ta’lim tizimi xodimlarining ham bu borada huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o‘quv-amaliy seminarlar, profilaktik suhbatlar tashkil etib borilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat markazidagi umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish sho‘basi mudiri F.Hasanov va viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitovalar ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli qilish eng ustuvor vazifa ekanligi, bu borada soha xodimlari boshqa tashkilotlarga namuna bo‘lishi kerakligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.
Muxtasar aytganda, bu illatga qarshi kurashishda har bir fuqaro avvalo o‘zi va oilasidan boshlashi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan bo‘lamiz.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.