Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvida nimalarga e'tibor qilish lozim?

16-oktabr 2023-yil
image

   Joriy yilning 16-oktabr kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi xodimlari hamkorligida seminar-trening o‘tkazildi.
 

   Unda davlat rahbarining 2022-yil 13-sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktyabrdagi “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari asosida boshqarmada tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshiruvchi xodimlari malakasini va professionallik darajasini baholash, shuningdek, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirishga taalluqli qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi uchun mas’uliyatini oshirish masalasi muhokama etildi.

   Uchrashuv davomida Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining xodimlari K.Kuliyev hamda B.Esanovlar mavzu yuzasidan yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berishdi.

  Tadbir yakunida tadbirkorlik sub’yektlarida o‘rganish o‘tkazish tartiblari va attestatsiya jarayonlariga tayyorgarlik bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB