Yangiliklar
NAVOIYDA “TAʼLIM VA KASB — 2023” XALQARO KO‘RGAZMASI BO‘LIB O‘TDI
18-oktabr 2023-yilYoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi, MY FAIR MCHJ, Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan yirik tadbirda turli mamlakatlardan 30 dan ortiq universitet vakillari ishtirok etdilar.
Ko‘rgazmada ta'lim muassasalaridagi bitiruvchi o'quvchilar o‘zlari uchun dunyoning yetakchi universitetlaridan birida o‘qish, ish qidirayotgan abiturientlarda esa xalqaro nufuzli kompaniyalarda ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Ish beruvchilar va univesitet vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, ayniqsa Rossiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Malayziya, Qozog‘iston va boshqa davtlatlarning xalqaro ta’lim muassasalari hamda O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari va ish beruvchilar bilan uchrashuv viloyat yoshlari uchun unutilmas kunga aylandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.