Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
18-oktabr 2023-yilNavoiy viloyati M Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “Mening yurtim” telekanali orqali efirga uzatilgan Navoiy shahri va Navbahor tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar taomnomasi talablarga javob bermasligi to‘g‘risidagi lavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626-sonli qarorga asosan Maktabgacha ta’lim vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni autsorsing usulida tashkil etish bo‘yicha tanlov komissiyasining 2021-yil 11-noyabrda 18-sonli yig‘ilish bayoni tasdiqlangan. Vazirlikning ushbu bayonnomasida 2022-yilning 1-yanvaridan tanlovda g‘olib bo‘lgan tadbirkorlar bilan shartnomalar imzolash belgilangan. Shunga muvofiq, Navoiy shahri hamda Karmana tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “KIDS MAXI FOOD” MCHJ tomonidan autsorsing xizmati ko‘rsatib kelinadi.
Lavhada ko‘rsatilgan oshxona va omborxonalardagi kamchiliklar bartaraf etilib, mas’ullarga tegishli ogohlantirish va tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.