Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

VILOYAT RAHBARI NAVOIY SHAHRIDAGI 22-SONLI MAKTABDA BO'LDI

29-sentabr 2023-yil
image

  Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari, o'quvchi va o'qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Navoiy shahridagi 22-sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi. 
 

   Tashrif davomida mazkur maktab binosida amalga oshirilayotgan bugungi ishlar, obodonlashtirish yumushlari va sinf xonalardagi holat birma-bir ko'zdan kechirildi. 

   Viloyat rahbari bu yerda qilinishi lozim bo'lgan ishlarni jadallashtirish va kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
 

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB