Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
24-oktabr 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida fan olimpiadasiga mas’ul bo‘lgan shaxs ishdan olinishi kerak! Sababi, hatto ta’limda farzandlarimiz uchun sog‘lom raqobatni ta’minlab bera olmagan mas’ul u yerda o‘tirishga noloyiq” deb boshlanuvchi ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Navoiy shahar bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.