Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MUNOSIBLAR TAQDIRLANDI

15-noyabr 2023-yil
image

  Joriy yilning 15-noyabr kuni Navoiy shahridagi 6-umumta’lim maktabida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini umumta’lim maktablarida namunali tashkil etishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
 

   Unda Navoiy shahar va Karmana tumanidagi umumta’lim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

   Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi J. Jumayevlar umumta’lim maktablarida yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan ishlar natijadorligini oshirish, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Kamalak” bolalar tashkilotlarining maqsad va vazifalarini yoshlar ongiga singdirish bo‘yicha nutq so‘zlashdi.
   Shuningdek, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish kabi muhim vazifalar ham muhokama etildi.

    Tadbir yakunida Karmana tuman 3-umumta’lim maktabi va Navoiy shahar 6-umumta’lim maktabining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari namunali faoliyat olib borayotgan viloyat Kengashi sardorlari uchun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy Kengashining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB