Yangiliklar
ELEKTRON TIZIM AFZALLIKLARI TUSHUNTIRILDI
14-noyabr 2023-yilNavoiy shahar 16- AFChO‘I maktabida “Unicon-Soft” MCHJ Navoiy viloyati hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislari, hududlardan bir nafardan maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktablarining ijro intizomi bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda davlatimiz rahbarining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, “edo.ijro.uz” idoralararo yagona elektron tizimining joriy etilishi, ishlash tartibi hamda afzalliklari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur elektron tizim ishga tushirilishi hujjatlarni yetkazib berish, rasmiylashtirish, imzolash va boshqa qulayliklari bilan xodimlar uchun yengillik yaratib berishi alohida ta’kidlandi.
O‘quv yakunida qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.