Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

NUROTA TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI OʻRGANILDI

11-noyabr 2023-yil
image

   Navoiy viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi A.Mirzayev, viloyat IIB boshligʻi A.Tasbayev va viloyat DXX boshqarmasi boshligʻi E.Urunov, Nurota tumani hokimi A.Fayziyev hamda sektor rahbarlari Nurota tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini koʻzdan kechirishdi.

  Jumladan, “Chuya” MFYda joylashgan 13-umumtaʼlim maktabi, 15-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va “Dehibaland” MFYdagi 7-umumtaʼlim maktablariga tashrif buyurib, ushbu muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganildi.

  Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga koʻrsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB