Yangiliklar
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL QIZILTEPA TUMANIDA
17-noyabr 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitova aholi murojaatlarini oʻrganish, ularga yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni Qiziltepa tumani, “Gulzor” MFYda oʻtkazdi.
Uchrashuvda qatnashgan fuqarolar, pedagoglar o‘zlarini qiynab turgan turli muammo va takliflar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, ta’lim maskanlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash, sinf xonasi va oshxona uchun zarur jihozlar, sport anjomlari bilan ta’minlash hamda ishga joylashish masalasi kabi masalalar tinglandi.
Ularning ba’zilari joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etiladiganlariga tegishliligi boʻyicha qonuniy yoʻl-yoʻriq koʻrsatilib, taklif va tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.