Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

TA'LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

20-noyabr 2023-yil
image

  Joriy yilning 18-noyabr kuni Tomdi tumanidagi 9-umumta'lim maktabida “Zamonaviy ta'limda AKTdan unumli foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
 

   Seminarni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova ochib berdi.

  Tadbirda tumandagi maktab direktorlari, o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ishtirok etdi.
 
  Maktab o‘qituvchilari seminar davomida Plickers, Genially, LUMIO, GYNZY, Wordwall kabi onlayn va interfaol ta’lim platformalaridan foydalanib darslarini o‘tdi.

  Shuningdek, onlayn ta’lim platformalarida darslarni rejalashtirish, tashkillashtirish hamda darslarni qiziqarli etib o‘tish metodlari haqida ma’lumotlar berildi.

  Seminarda ishtirokchilar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib, o‘qituvchi  faoliyatining samaradorligi faqatgina o‘quvchilarga o‘rgatiladigan bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan o‘quv materialini to‘plash, qayta ishlash va o‘qitishda o‘qituvchining qanchalik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash darajasiga ham bog‘liq ekanligini ta’kidlashdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB