Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

MAKTABDA QANDAY HUNARLAR O‘RGATILADI?

20-noyabr 2023-yil
image

  Qiziltepa tuman alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 36-maktab-internatining asosiy vazifasi imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash hamda maktab-internatni bitiruvchilari ma’lum bir kasb-hunarni o‘rgatishdan iborat.

   Muassasada o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish bilan bir qatorda kasb-hunar sirlari ham o‘rgatib kelinmoqda.

   Maktabda 3 ta duradgorlik, 2 ta tikuvchilik va 1 ta pazandachilik o‘quv ustaxonalari mavjud bo‘lib, ular zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan.

   Bugungi kunda maktabda 211 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Shundan 59 nafari qizlardir. O‘g‘il bolalar uchun tashkil etilgan “Duradgorlik” to‘garagida duradgorlik va texnika xavfsizlik sirlari o‘rgatib kelinmoqda.
    Qizlar “Tikuvchilik” va “Pazandachilik” to‘garaklarida o‘z bilim va tajribasini oshirmoqda.

   Shuningdek, maktab-internatida 2023-2024-o‘quv yilida o‘quvchilarni darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishlari, ijtimoiy hayotga moslashuvini yanada yaxshilash, kasbga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Kashtachilik”, “Mohir qo‘llar”, “Gulchilik”, “Qo‘g‘irchoq teatri” kabi 16 ta to‘garaklar ham o‘quvchilar bilan gavjum.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB