Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Murojaatlar doimiy e'tiborda

23-dekabr 2022-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2022 yil 5 dekabrdagi 02/3070-sonli topshirig‘ida xalq ta’limi tizimidagi pedagoglarni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish, ulardan ortiqcha hisobotlar talab qilish, pedagoglarni xizmat vazifalarini bajarishda mansabdor shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish hamda pedagoglarga tegishli bo‘lmagan tadbirlarga, shu jumladan obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilishni oldini olish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berilgan.

Hurmatli o‘qituvchilar, aziz ustozlar!
Xalq ta’limi xodimlari!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbarining 2022 yil 5 dekabrdagi 02/3070-sonli topshirig‘ida xalq ta’limi tizimidagi pedagoglarni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilish, ulardan ortiqcha hisobotlar talab qilish, pedagoglarni xizmat vazifalarini bajarishda mansabdor shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish hamda pedagoglarga tegishli bo‘lmagan tadbirlarga, shu jumladan obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilishni oldini olish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilab berilgan.
Agarda Sizning haq-huquqlaringiz buzilsa, ishchanlik obro‘yingizga putur yetadigan xatti-harakatlar sodir etilsa, kasbiy faoliyatingiz bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish kuzatilsa, Navoiy viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va tizimdagi muassasalarda tashkil etilgan Call-markazlarga murojaat etishingiz mumkin.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB