Yangiliklar
DIREKTOR O‘RINBOSARLARI FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH UCHUN KO'MAK
21-noyabr 2023-yilO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Navoiy shahar hamda Karmana tumanlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Unda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari "KAMALAK" bolalar tashkiloti raisi M.Baratova hamda viloyat hokimi o'rinbosari J.Xodjayev ishtirok etdi.
O‘quv-seminar davomida Sardorlar Kengashi faoliyatini maktablarda tizimli yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish hamda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari vazifalari haqida tushunchalar berildi.
Shu yo'nalishdagi tadbirlar barcha tuman va shaharlarda o'tkazilmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.