Yangiliklar
NAVOIYDA BO‘LIB O‘TGAN FORUMDA 70 NAFAR PSIXOLOG TAQDIRLANDI
5-dekabr 2023-yilJoriy yilning 5-dekabr kuni Navoiy shahridagi “Ma'naviyat va ma'rifat" markazida “Maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yo'naltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixologlarning ijodiy faolligini oshirish, qo‘llab-quvvatlash maqsadiga tashkil etilgan mazkur forumda psixologlar ishtirok etdi.
Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R. Hayitova ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Forum davomida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik pedagogik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i H.Foziljonov “Psixologik xizmat, kasb-hunarga yo‘naltirish tizimida amalga oshirilayotgan ishlar”, viloyat prokurorining katta yordamchisi, 1-darajali yurist A. Sabirov “Voyaga yetmagan yoshlar orasida sodir etilayotgan noxush holatlarni oldini olish”, viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi direktori F. Ro‘ziqulov “Ta’lim sifatini oshirishda amaliyotchi psixologlarning o‘rni” mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shuningdek, “Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashda maktab psixologlarining o‘rni”, “Bolalar va ularning oilalari bilan ishlashda ruhiy shikastlanishdan xabardorlikka asoslangan yondashuvlar” kabi mavzular bo‘yicha mutaxassislarning taqdimotlari ham tinglandi.
Forum doirasida o‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlashda hamda kasb-hunarga yo‘naltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishda yutuqlarga erishgan bir qator amaliyotchi psixologlar O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, International Digital University hamda ISFT universitetining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.