Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KONSTITUTSIYA - FAROVON HAYOT ASOSI

5-dekabr 2023-yil
image

  Navoiy shahar  8-umumta’lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya-kelajagim mash’ali” mavzusida viloyat amaliy seminari bo'lib o'tdi.
 

   Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i R. Hayitova ishtirok etib, yig'ilganlarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabrikladi.

   Seminar o'quvchilar ijrosidagi Vatan, tinchlik, hurlikni madh etuvchi she'r va kuy-qo'shiqlar bilan boshlandi.

    Shuningdek, "Zakovat" intellektual o’yini,  rasmlar, insholar, ota-onalar ishtirokida diktantlar tanlovlari, mahorat darslari hamda o’qituvchilar uchun trening darslari tashkil qilindi.

   Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarining fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB