Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

10 - dekabr – Xalqaro Inson huquqlari kuni

12-dekabr 2023-yil
image

  Har bir inson irqi, millati, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida e’lon qilingan barcha huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi zarurligi e’tirof etilgan.

   Bu umuminsoniy tamoyillar O‘zbekiston milliy qonunchiligida ham ustuvor kasb etadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi tamoyillari ham yuqorida qayd etilgan xalqaro me’yorlarga to‘liq mos keladi. Mamlakatimizda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar qonun oldida tengdirlar.

   Joriy yilda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi kuchga kirganiga 75 yil to‘ldi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan 1-10-dekabr kunlari mamlakatimizda “Inson huquqlari” o‘n kunligi e’lon qilindi.

   Shu munosabat bilan viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida inson huquqlariga oid umummilliy darslar tashkil etildi. Darslar davomida yoshlar bilan deklaratsiyaning tarixiy va huquqiy ahamiyati, O‘zbekiston rivojlanishida tutgan o‘rni haqida suhbatlashildi.

   Fotolavhalarda Zarafshon shahar va Qiziltepa tumanidagi umumta'lim maktablarida o'tkazilgan darslar aks etgan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB