Yangiliklar
BAYRAMGA MUNOSIB SOVG'A
7-dekabr 2023-yilBugun Navoiy shahridagi 4-umumta’lim maktabida 880 o’rinli yangi qo’shimcha bino qurilib foydalanishga topshirilishi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi” bayrami munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirni viloyat hokimi o’rinbosari J.Xodjayev tabrik so’zi bilan ochib, o’quvchi va o’qituvchilarni yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi hamda Konstitutsiya bayrami bilan qutladi.
Shuningdek, mazkur tadbirda viloyat Ma‘naviyat va ma‘rifat bo’limi boshlig’i A.Muqimov, Navoiy shahar hokimi D.Ergashev, shahar sektor rahbarlari hamda ta’lim tizimi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yangi bino qurilishida jonbozlik ko’rsatgan quruvchiga to’n kiydirildi.
Yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan ishtirokchilar e’tiboriga maktabning faol o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari va raqslar havola etildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.