Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

NAVOIY SHAHRIDAGI 21-UMUMTA’LIM MAKTABINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

7-dekabr 2023-yil
image

    Respublika byudjet mablag‘lari evaziga Navoiy shahrida eski bino tubdan rekonstruksiya qilinib, 840 o‘rinli yangi maktab qurib bitkazildi. Zamonaviy o‘quv binosini foydalanishga topshirish uchun 5 milliard 600 ming so‘m sarflandi.

   Yangi ta’lim muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yillik bayrami arafasida shahar aholisi uchun munosib tuhfa bo‘ldi.

   O‘quv maskanining ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i R.Hayitova, shahar hokimi D. Ergashev, sektorlar rahbarlari, nuroniy otaxonu onaxonlar va maktab jamoasi ishtirok etdi.

    Tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosari J. Xodjayev so‘zga chiqib, yangi binoda o‘quvchilarni har tomonlama bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganligini ta’kidlab o‘tdi, yoshlarni yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi. 

   Tadbir ishtirokchilari zamonaviy binoda o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB