Yangiliklar
Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!
9-dekabr 2023-yilZarafshon shahar 8-IATKCHO'I maktabida “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida hamda O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Unda Zarafshon shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F.Imomov, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Zarafshon shahar bo'linmasi rahbari D.Bahronova, "Oltin vodiy" gazetasi bosh muharriri G. Bobomurodova, shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi xodimlari, mahalla raisi, hokim yordamchisi va yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda Vatan, davlat ramzlarini madh etuvchi she'r, qo‘shiqlar kuylandi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.