Yangiliklar
FRANSUZ TILI DARSLIKLARI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA JORIY QILINMOQDA
15-dekabr 2023-yilNavoiy shahridagi 6-umumta’lim maktabida 1-11 sinflar uchun Fransiyaning Hachette Livre Group nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan fransuz tili darslik majmualarining mazmun-mohiyati yuzasidan viloyat seminari tashkil etildi.
Unda umumta’lim maktablarining fransuz tili o‘qituvchilari qatnashdi.
Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sho‘ba rahbari D.Imomova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Boshqarmaning sho‘ba rahbari L.Davronova yangi avlod darsliklari, xususan, fransuz tili darsliklarining mazmun-mohiyati haqida gapirdi.
Seminar davomida maktabning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ijrosida Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi va Fransuz Alliyansi tomonidan tashkil qilingan Frankofon teatr tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan “Napoleon saroyida unutilmas bir kun” nomli teatr sahnasi namoyish qilindi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan “Allez-allez” qo‘shig‘iga raqs ijro etildi, Viktor Gyugo va Jean Paul Eluard she’rlaridan namunalar o‘qishdi.
Yangi fransuz tili fani darsliklari bo‘yicha Xatirchi tuman 10-maktab o‘qituvchisi R.Qalandarov, Navbahor tumani 32-maktab o‘qituvchisi A.Sultonboyev, 13-maktab o‘qituvchisi D.Raximov, Qiziltepa tuman 23 -maktab o‘qituvchisi G. Ismatova kabi trenerlar o‘qituvchilarga darsliklardan qanday foydalanish to‘g‘risida tushunchalar berishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.