Yangiliklar
18-MAKTABNING IKKI NAFAR O‘QUVCHISI CHEMPION BO‘LDI
28-dekabr 2023-yilJoriy yilning 24-27 -dekabr kunlari Qirg‘izstonning Bishkek shahrida sportning dzyudo turi bo‘yicha Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston hamda O‘zbekiston davlatlaridan dzyudochilar tatamida kurash olib bordilar.
Shulardan Vatanimiz sharafini himoya qilgan uchquduqlik ikki nafar sportchi opa-singillar Oblokulova Gulasal
57 kg vaznda kumush medal sohibasi bo‘lgan bo‘lsa, Gulina Obloqulova 70 kg vaznda musobaqada 1 o‘rinni egallab, oltin medal sohibasi bo‘lishdi. Eng quvonarlisi shundaki ikki opa-singilning biri Uchquduq tumanidagi 18-maktabning sobiq o‘quvchisi, ikkinchisi Gulina esa bitiruvchisi hisoblanadi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.