Yangiliklar
O'quvchilar bilimi yangi tizim orqali baholanmoqda
26-dekabr 2023-yil Avval xabar qilganimizdek, joriy o‘quv yilidan boshlab Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalarining baholash (choraklik summativ baholash) dasturini mamlakatimizdagi 500 ta umumta’lim maktabiga tajriba-sinov tariqasida joriy etildi.
Ayni vaqtda viloyatimizdagi 20-umumta’lim maktabida ikkinchi chorak yakuniy CHSB imtihonlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilarning bilimlari 2023-2024 o‘quv yilining birinchi chorak yakuni bo‘yicha baholanib, tahlil qilinadi.
Fotolavhalar Navoiy shahridagi 12-maktabda o‘tkazilayotgan test jarayonlaridan.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.