Yangiliklar
KARMANA TUMANIDA YOSHLAR VA MAKTAB O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI
10-yanvar 2024-yilDavlatimiz rahbari tomonidan 2024-yilni mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi kelajagimiz egalari hisoblanmish yoshlar masalasi yana bir karra davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligining yaqqol isbotidir.
Zero, yurtimiz aholisining salmoqli qismini yosh avlod tashkil etishi barchaga ma’lum. Shunday ekan, mazkur yo‘nalishda bunday muhim qarorlar chiqishi ham hayotiy zaruriyatdir.
Karmana tumani "Mirsaid Bahrom" mahallasida istiqomat qilayotgan yoshlarning, xususan, maktab o‘quvchilarining ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yoshlar karnavallari, qator loyiha va tadbirlar doirasida sportning futbol, stritbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Unda 100 nafardan ortiq o‘quvchi va yoshlar qamrab olindi. Bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tuman shaharlarida o‘tkazilmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.