Yangiliklar
NAVOIY VILOYATIDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHIGA START BERILDI
16-mart 2023-yil O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida ushbu Jamg‘armadan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda navoiylik o‘qituvchilarning 160 nafari ikkinchi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
Bugun, 16-mart kuni Navoiy viloyatida vazir jamg‘armasidan umumiy o‘rta ta`lim muassasalarining malakali pedagoglariga har oylik ustama uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi bosqichiga start berildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi