Yangiliklar
Qadrli Vatanimiz himoyachilari!
14-yanvar 2024-yilO‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14- yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mustaqilligimiz, tinchlik-osoyishtaligimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam qalqoni bo‘lib kelayotgan yigitlarimizni samimiy muborakbod etaman.
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur farzandlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
Aziz yurt posbonlari! Sizlarga mustahkam sog‘lik, ulkan muvaffaqiyatlar, oilalaringizga baxt-saodat hamisha yor bo‘lsin
Ona Vatanimiz sarhadlari hamisha tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!
Ra’no Hayitova,
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.