Yangiliklar
MEN HAM ASKAR BO'LAMAN
13-yanvar 2024-yilYurtimizda “Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Shu munosabat bilan Uchquduq tumanidagi umumta'lim maktablarida ham bayram tadbirlari tashkil etilib, harbiy xizmatchilar taklif etildi.
Shubhasiz, bu kabi tadbirlar yoshlarning ma’nan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarining ortishiga xizmat qiladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.