Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish - eng dolzarb vazifa

11-yanvar 2024-yil
image

 Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab boshqarmasi faollar zalida 2023-yilda maktab o‘quvchilari orasida jinoyat va huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabab va shart-sharoitlarini kelgusida bartaraf etish yuzasidan tahliliy va tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.

   Unda tuman, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining boshliqlari, umumta’lim maktablarining direktorlari, voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarini oldini olishga mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdi.

  Boshqarma boshlig‘i R. Hayitova viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni yig‘ilganlar bilan tahlil etib, tanqidiy muhokama qildi.

   Ta’kidlanganidek, bugungi kunda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, tarbiyalash, ta’lim berish borasida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda qator chora-tadbirlar belgilanib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Biroq olib borilgan tadbirlarga qaramasdan voyaga yetmaganlar tomonidan turli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilayotganligi barchani birdek tashvishga solmoqda.

  Yig‘ilishda viloyatimiz hududida umumta’lim maktab o‘quvchilarini darslarga to‘liq qatnashishlarini ta’minlash, yoshlar nazoratsizligi, jinoyat va huquqbuzarliklarini oldini olish borasidagi faoliyatni yaxshilash, joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarida yuqorida ta’kidlab o‘tilgan salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida chora-tadbirlar belgilab olinib, mas'ullarga zarur tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

  Shuningdek, sodir etilgan qonunbuzarliklarning omillari, ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar, ushbu illatni bartaraf etish yo‘llari, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB